Sayt test rejimida ishlamoqda

OʻZBEKISTON VA QOZOGʻISTON TAʼLIM SOHASIDAGI IKKI TOMONLAMA BITIMLARNI YANGILASH TOʻGʻRISIDA KELISHIB OLDI

24-dekabr 2021-yil
image

Joriy yilning 23-dekabr kuni Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Asxat Aymagambetov bilan hamkorlik boʻyicha yangi kelishuvni ishlab chiqishni muhokama qildi.

Ikki davlat oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi avvalgi kelishuv 1994-yilda imzolangan edi. Yangilangan hujjat hamkorlikni mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

photo2021-12-2415-56-05.jpg

Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Asxat Aymagambetov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelgusidagi oʻzaro hamkorlik imkoniyatlari, oʻqituvchilarning malakasini oshirish va tajriba almashish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi oʻrtasida ilgari imzolangan taʼlim sohasidagi ikki tomonlama va boshqa hamkorlik boʻyicha bitimlarni yangilash toʻgʻrisida kelishib olindi.

Baxtiyor Saidov Qozogʻiston poytaxtidagi qator maktablarda boʻlib, davlat-xususiy sheriklik tizimi, qozoq maktablarida aholi jon boshiga moliyalashtirish, taʼlim jarayoniga integratsiyalashgan raqamli loyihalar bilan tanishdi.

photo2021-12-2415-56-47.jpg

Avvalroq Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Nursulton shahridagi bir qator maktablarda boʻlgani haqida xabar bergandik.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu