Sayt test rejimida ishlamoqda

DIQQAT,  TANLOV! XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HAMDA «TONG YULDUZI» GAZETASI HAMKORLIKDA «MUSTAQILLIK MADHI – BOLALAR IJODIDA»  RESPUBLIKA AN’ANAVIY IJODIY ISHLAR TANLOVINI E’LON QILADI

13-iyul 2022-yil
image

Yangi O‘zbekiston – mamlakatimiz taraqqiyotining mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yishi, erishayotgan zalvorli yutuqlarimiz e’tirofi. Yurtimizda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda.

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Mustaqillik madhi – bolalar ijodida» Respublika an’anaviy ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov ishtirokchilari o‘z ijodiy ishlari­da Istiqloldan so‘ng erishgan yutuqlarimiz, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlarini aks ettirishlari mumkin. 
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, avvalo, o‘quvchilarimizning ijodiy salohiyatini kashf qilish, shu bilan birga, ularni gazetxonlikka jalb etishdan iboratdir.
Tanlovga taqdim etiladigan nazm, nasr va tasviriy san’at yo‘nalishidagi  ijodiy ishlarga qo‘shib, «Tong yulduzi» gazetasiga obuna bo‘lganlik haqidagi kvitansiya nusxasini ham qo‘shib yuborishi shart.
Ijodiy ishlar joriy yilning 25-avgustiga qadar qabul qilinadi va g‘oliblar sentyabr oyida taqdirlanadi.
Tanlov ishtirokchilari ijodiy ishlarni quyidagi manzilga yuborishlari mumkin: 
Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 30-uy, «Tong yulduzi» gazetasi tahririyati.
tongyulduzi1929@umail.uz – elektron pochtasi; 94-645-90-70 – telegram raqami.
Ijodiy ishlarni «Mustaqillik madhi – bolalar ijodida» tanloviga deb yozishni hamda siz bilan bog‘lanish uchun telefon raqamni yozib yuborishni unutmang! 
G‘oliblarni  qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu