Sayt test rejimida ishlamoqda

YANGI TASHKIL ETILGAN KO‘KDALA TUMANIDAGI MAKTABLAR O‘RGANILMOQDA

27-may 2022-yil
image

Davlatimiz Rahbarining shu yili 21-22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda joylarda xalq taʼlimi sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni hal etish maqsadida Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi ishchi guruhi Qashqadaryoda o‘rganishda bo‘lib turibdi.

Dastlab, ishchi guruh yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanida bo‘lib, tuman xalq taʼlimi bo‘limi uchun tayyorlangan bino hamda 112-maktab va uning yangi qurilgan filialida bo‘ldi.

4444.jpg

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga qisqa muddatda Ko‘kdala tuman xalq taʼlimi bo‘limiga malakali kadrlarni jalb etish, xodimlar uchun barcha sharoitlarni yaratish ko‘rsatmasi berildi.

444444.jpg

Viloyat hokimligi tomonidan yangi barpo etilgan 220 o‘rinli 112-maktab filialida qurilish va jihozlashni nihoyasiga yetkazgan holda yangi o‘quv yilida alohida maktab sifatida faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilab olindi.

Yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanida 96 ta maktab faoliyat yuritadi va ularda 41 ming nafar o‘quvchi taʼlim oladi.

33333.jpg

Yurtboshimizning viloyatga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida Ko‘kdalada Investitsiya dasturidan tashqari 1 ta 330 o‘rinli yangi maktab, 4 ta maktabga qo‘shimcha o‘quv binosi quriladi hamda 4 ta maktab filiali rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofaga keltiriladi. Mazkur ishlar shu yilning o‘zida amalga oshiriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu