Sayt test rejimida ishlamoqda

BOLALARNING YO‘LLARDAGI XAVFSIZLIGI UCHUN HAR BIR INSON MASʼULDIR — HAR KUNI DUNYODA 3000 NAFARGA YAQIN BOLALAR VA YOSHLAR YO‘LLARDA HALOK BO‘LMOQDA YOKI OG‘IR JAROHATLAR OLMOQDA

13-may 2022-yil
image

UNICEF va hamkor tashkilotlar bolalar hamda yoshlar o‘limining asosiy sababi bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari masalalarini hal etishda birgalikda harakat qiladi.UNICEF va hamkor tashkilotlar bolalar hamda yoshlar o‘limining asosiy sababi bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari masalalarini hal etishda birgalikda harakat qiladi.

Joriy yilning 13 may kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda  UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan global kampaniya doirasida O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi haftaligi tadbirlariga start berildi.

Butunjahon yo‘l harakati xavfsizligi haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad ko‘plab o‘lim va jarohatlarga sabab bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalariga eʼtibor qaratishdan iborat. Joriy yilda global miqyosdagi kampaniya tomonidan yo‘llarda avtotransportlarning yuqori tezligini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

- Yo‘l-transport hodisalari butun dunyoda bolalar va yoshlar salomatligiga jiddiy shikast yetkazib, jarohatlar, nogironlik, hattoki bevaqt o‘limning asosiy sababiga aylanmoqda. Dunyo miqyosida bir kunda 3000 nafarga yaqin bolalar yo‘l transport hodisalarida halok bo‘ladi yoki og‘ir tan jarohati oladi,-  deydi Munir Mamedzade.

O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki uch oyida 1469 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ulardan 204 tasi bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan. 39 tasi o‘lim holatiga olib kelgan. Qurbonlarning aksariyati o‘smirlardir. Yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari tezlikni oshirish (455 ta), yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik (110 ta) va zarur infratuzilmaning yo‘qligi (250 ta), jumladan, piyodalar o‘tish joyining yo‘qligi (804 ta) holatlari sabab bo‘lgan.

- So‘nggi paytda O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bosh vazir boshchiligida Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tuzildi. Barcha hududlarda “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash faqat mutasaddi shaxslar va idoralarning masʼuliyati emas. Bu barchamizning umumiy vazifamiz hisoblanadi, - deya taʼkidladi Olim Saidov.

Ayrim mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, oqilona sarmoya evaziga yo‘l-transport hodisalarining to‘liq oldini olish mumkin. Tadbir doirasida yo‘l-transport hodisalarida bolalar o‘limini sezilarli darajada kamaytirishga ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu