Sayt test rejimida ishlamoqda

TAʼLIM MUASSASALARDAGI MAʼNAVIY-MAʼRIFIY ISHLARGA MASʼUL XODIMLAR UCHUN OʻQUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

7-yanvar 2022-yil
image

Bugungi kunda mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

photo2022-01-0617-48-59.jpg

Shu munosabat bilan, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida joriy yil 6-7-yanvar kunlari tizimda faoliyat yuritayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlar uchun Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Voxobjon Rajapov boshchiligida oʻquv-seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalariga soʻzsiz rioya qilishlari samaradorligini oshirish, tarbiyaviy jarayonlarni yanada takomillashtirish, iqtidorli oʻquvchilar bilan tizimli ishlarni tashkil etish kabi muhim mavzular kun tartibidan joy oldi.

photo2022-01-0712-05-51-2.jpg

Shuningdek, unda sinf rahbarlari faoliyatini takomillashtirish hamda oʻquvchilarning davomatini oʻrganish, darslarga kelmaslik sabablarini aniqlash va ularni dars jarayoniga jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutaxassislar oʻzaro fikr almashdilar.

photo2022-01-0712-05-52.jpg

Tadbir yakunida taʼlim muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi hamda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu