Sayt test rejimida ishlamoqda

ONLAYN TAʼLIM JARAYONIDA HAM MAKTABLARDA ISITISH TIZIMI UZLUKSIZLIGI TAʼMINLANADI

25-yanvar 2022-yil
image

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 yanvaridan bir oy muddatga umumtaʼlim maktablarida o‘quv jarayoni “onlayn” shaklga o‘tkazildi, o‘qituvchilar maktablarda o‘zlarining lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq faoliyatni davom ettirishlari belgilandi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilardan bolalar maktabga kelmasligi sababli maktablarda isitish tizimi o‘chirib qo‘yilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shularni inobatga olgan holda Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Ibrohim Jo‘rayev maktablarda issiqlik taʼminotini uzluksizligini taʼminlash yuzasidan ZOOM platformasi orqali hududlardagi masʼullar bilan videokonferensiya orqali tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.

Vazir o‘rinbosari hududlarga maktablarda ish faoliyatini amalga oshirayotgan o‘qituvchilarga zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Jumladan barcha maktablar kuz-qish mavsumiga tayyorligi, sinf xonalarini isitishga barcha zarur vositalar mavjudligi bois maktablarda isitish tizimini uzluksizligini taʼminlashga viloyat boshqarma boshliqlariga shaxsan masʼul ekanliklari qayd etildi.

Shu o‘rinda Xalq taʼlimi vazirligi o‘qituvchilarda agar maktabda issiqlik tizimi bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lgan taqdirda vazirlikning hududlardagi shtablariga (https://t.me/uzedu/10876) hamda @maktab_uzedubot boti orqali murojaat qilish mumkinligini eslatib o‘tadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu