Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI NAMANGANDAGI 34 YILDAN BUYON TAʼMIRLANMAGAN HAMDA ALOHIDA TAʼLIM EHTIYOJLARI MAVJUD BOLALARGA IXTISOSLASHGAN MAKTABLARDA BO‘LDI

27-aprel 2022-yil
image

Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarni eng quyi tizim - maktablargacha yetkazish, pedagoglarning jamiyat rivoji, mamlakat taraqqiyoti va kelajak avlod oldidagi masʼuliyatini oshirish uchun Xalq taʼlimi vazirligi mutassaddilari Namangan viloyatidagi maktablar faoliyatini o‘rganmoqda.

Dastlab, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 48-alohida taʼlim ehtiyojlari mavjud maktab-internatida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Mazkur taʼlim muassasasida o‘quvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga o‘rgatishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bois maxsus fanlardan qo‘llanma (darslik) va ko‘rgazmali qurollar yaratish, mutaxassislarni tayyorlash zarurligi taʼkidlandi. Bu qo‘llanmalar Toshkent davlat pedagogiga universiteti bilan hamkorlikda tayyorlanishi rejalashtirildi.

photo2022-04-2717-19-29.jpg

Shuningdek, tumandagi 7-maktabda bo‘lib, mavjud muammolar o‘rganildi. Mazkur maktab qurilganidan, yaʼni 1988 yildan buyon taʼmirlanmaganligi, taʼlim olish uchun sharoitlar yetarli bo‘lmaganligi bois, kelgusi 2023 yilda Investitsiya dasturi doirasida mukammal taʼmirlashga kiritiladi.

Yuqori sinf (9-10-sinf) o‘quvchilari bilan samimiy muloqot qilindi. Ularning kelajak kasblari, maktabda olayotgan bilimlari savol-javoblar orqali aniqlanib, hayotda qaysi kasbni tanlashidan qatʼiy nazar eng yetuk bo‘lib yetishlari haqida tavsiyalar berildi.

photo2022-04-2717-19-32.jpg

Pedagoglar bilan suhbatda o‘quvchilarning munosib bilim olishi, O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat va boshqa sohalarda ham zarur bo‘ladigan kasblar bilan o‘quvchilarni tanishtirish haqida ko‘rsatmalar berildi. Maktabning 2 nafar iqtidorli o‘quvchisiga o‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun noutbuk sovg‘a qilindi. O‘quvchilarning mutolaaga ishtiyoqini oshirish uchun kitoblar jamlanmasi taqdim qilindi.

Namangan viloyatida o‘rganishlar davom etmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu