Sayt test rejimida ishlamoqda

XOTIN-QIZLAR HAMDA BOLALARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIK MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

26-aprel 2022-yil
image

Joriy yilning 26 aprel kuni Milliy matbuot markazida "Xalq taʼlimi tizimida bolalar o‘rtasida zo‘ravonlikka qarshi olib borilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi, Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi “Nemolchi.uz” loyihasi asoschici, "GGC UNNO" nodavlat aloqa agentligi bosh direktori va OAV xodimlari ishtirok etdi. 

Anjuman avvalida Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev mamlakatimizda bolalarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonliklarning oldini olishga katta eʼtibor qaratilayotganini alohida taʼkidlab o‘tdi. Zo‘ravonliklarni bartaraf etishda hamkorlikda olib borilayotgan ishlari uchun YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadega o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlardan mamnun ekanini qayd etdi. Shu bilan birga bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida Respublika tashxis markazi bilan hamkorlikda "Ishonch telefoni" ishga tushirilishini maʼlum qildi.

hhh.jpg

So‘ngra Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova yurtimizda xotin-qizlar hamda yosh bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldi olinib, jamiyatda ularga nisbatan himoya orderi shakllangani haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi, YUNISEF jamg‘armasi, “Nemolchi.uz” internet resursi, GGC UNNO agentligi tashabbusiga asosan yaratilgan, oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish maqsadida ishlangan Sahar guruhining “Ayol” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip premyerasi bo‘lib o‘tdi. 

Matbuot anjumani so‘ngida ommaviy axborot vositalari xodimlarining barcha savollariga mutasaddi xodimlar tomonidan batafsil javob berildi.

 

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu