Sayt test rejimida ishlamoqda

MAKTABLARDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN 537 NAFAR O‘RTA MAXSUS MAʼLUMOTLI O‘QITUVCHI OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA MAQSADLI QABUL PARAMETRLARI ASOSIDA TALABALIKKA TAVSIYA ETILDI

14-fevral 2022-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan oliy pedagogik maʼlumotga ega bo‘lmagan, maktabda o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borayotgan hamda “Pedagogika” taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan o‘qituvchilar uchun to‘lov-kontrakt asosida hududlar kesimida jami 500 ta o‘rin belgilangan edi.

2021/2022 o‘quv yili qabulida oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha “Pedagogika” taʼlim yo‘nalishlariga imtihonda ishtirok etgan o‘qituvchilarning maʼlumoti shakllantirilgan bo‘lib, Davlat test markazi tomonidan abituriyentlar ro‘yxati ularning to‘plagan ballari hamda tanlagan taʼlim yo‘nalishlari ustuvorligi bo‘yicha aniqlandi.

Bir qator hududlarda belgilangan so‘nggi o‘tish o‘rnidagi (bir xil ball to‘plagan) nomzodlarning mavjudligi natijasida jami o‘rinlar 537 tani tashkil etdi.

Talabalikka tavsiya etilgan o‘qituvchilar ro‘yxati tegishli oliy taʼlim muassasalariga o‘rnatilgan tartibda Davlat test markazi tomonidan yetkazildi.

Ilovalarda keltirilgan o‘qituvchilarning ko‘rsatib o‘tilgan oliy taʼlim muassasalariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Sirdaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

Farg‘ona viloyati

Xorazm viloyati

Toshkent shahri

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu