Sayt test rejimida ishlamoqda

FRANSIYA BILAN TAʼLIM TIZIMIDAGI HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

1-mart 2022-yil
image

Joriy yilning 1 mart kuni Xalq taʼlimi vazirligida Fransiya elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati hamda Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim ishtirok etdi. 

Uchrashuv avvalida tomonlar bir-birini O‘zbekiston va Fransiya diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi bilan tabrikladi. So‘ngra ikki davlat o‘rtasidagi taʼlim sohasida olib borilayotgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Jumladan, mamlakatimizning 704 ta maktabida 200 ming nafarga yaqin o‘quvchi fransuz tilini o‘rganishi, ularning til bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagoglar malakasini oshirishga yana-da ko‘proq eʼtibor qaratish zarurligi qayd etildi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish, o‘qituvchilar malakasini oshirishda Fransiyaning tajribasini o‘rganish taklifi bildirildi.   

Uchrashuv yakunida yurtimizning umumtaʼlim maktablarida nafaqat fransuz tili, shu bilan birga, STEM fanlarini o‘qitilishini takomillashtirish maqsadida jahon tajribasini fransuz o‘qituvchilari yordamida joriy etilishi belgilab olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu