Sayt test rejimida ishlamoqda

MAXSUS YARMARKADA IMKONIYATI CHEKLANGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING QO‘L MEHNATI BILAN YARATILGAN QARIYB 10 MILLION SO‘MLIK BUYUMLAR SOTILDI

21-aprel 2022-yil
image


 

Joriy yilning 21 aprel kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 103-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Mohir qo‘llardan — mehrli qo‘llarga” shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkani tashkil etishdan asosiy maqsad imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning kasb-hunar orqali daromad topishlarini rag‘batlantirish sanaladi.

photo2022-04-2115-32-14.jpg

Mehnat yarmarkasidan o‘quvchilar qo‘l mehnati bilan tayyorlangan, kundalik hayotda zarur bo‘ladigan uy-ro‘zg‘or anjomlari, qandolatchilik mahsulotlari, tasviriy sanʼat namunalari, tikuvchilik, to‘quvchilik buyumlari, zamonaviy kiyim-kechaklar o‘rin oldi.

O‘quvchilar sartaroshlik, qandolatchilik, duradgorlik, to‘quvchilik, tikuvchilik, kosiblik anjomlarini o‘zlari taʼlim olayotgan maktab-internatining maxsus o‘quv-amaliyot xonalarida yasagan.

Hunarmand o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, buyumlar ko‘rgazmaga qo‘yilish bilan cheklanib qolmasdan, ular sotuvga ham chiqarila boshlagani mehnat yarmarkasi ishtirokchilari tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Tadbir so‘ngida hunar o‘rganishga qiziqadigan o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanib, ularni qo‘l mehnatiga o‘rgatib, kasb-hunarga yo‘naltirayotgan o‘qituvchi va murabbiylar taqdirlandi.

photo2022-04-2115-32-31.jpg

Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar tomonidan o‘quvchilarning qo‘l mehnati bilan yasalgan qariyb 10 million so‘mlik buyumlar xarid qilindi. Ushbu mablag‘lar o‘quvchilarning kasb-hunar o‘rganishlarini yana-da rivojlantirish uchun hom-ashyolar xarid qilishga sarflanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu