Sayt test rejimida ishlamoqda

ATTESTATSIYADA ISHTIROK ETGAN PEDAGOGLAR DIQQATIGA!

20-aprel 2022-yil
image

Ayni kunlarda attestatsiyadan o‘ta olmagan ayrim pedagoglar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali hamkasblari o‘rtasida yuqori turuvchi tashkilotlarga ko‘proq ariza berilsa, deputatlarga, jurnalist va blogerlar murojaat qilinsa, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq eʼtirozlar bildirilsa, natijalar bekor bo‘lib, ball qo‘shib berilishi yoki qayta imtihon o‘tkazilishi mumkin deya xato targ‘ibotlar olib borilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan Taʼlim inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomda attestatsiya jarayonlari uchun apellyatsiya tartibi belgilangan.

Shuningdek, test natijasidan norozi bo‘lgan pedagoglar testni yakunlagan zahoti maxsus blankni to‘ldirib, aynan qaysi savollarga eʼtirozi borligini yozishlari yoki veb-sayt orqali. murojaat yuborishlari, shuningdek, dushanbadan juma kuniga qadar soat 09.00dan 18.00ga qadar +998 71 231-07-53 (ichki raqam 1038 yoki 1011) raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Unga ko‘ra, eʼtiroz bildirgan har bir pedagogning savollar varaqasida testlar ushbu fan bo‘yicha mustaqil ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqilib xulosa beriladi va navbatma-navbat javob qaytariladi.

Biz eʼtirozlar bo‘yicha ustozlarni tinglashga, muloqot qilishga va testlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatib berishga tayyor ekanligimizni maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarga jarayon natijalari bo‘yicha salbiy qaror qabul qilinmaydi. Shuningdek, mazkur pedagoglar kuz oylarida o‘tkaziladigan sinovlarda ishtirok etishlari mumkin.

 

Manba: Taʼlim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi 

 
info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu