Sayt test rejimida ishlamoqda

MAKTAB RAHBARLARINING KOMPETENSIYALARI OSHIRILMOQDA

28-mart 2022-yil
image

Mirobod tumanidagi 158-maktabda direktorlar uchun “Taʼlim muassasalari rahbarlarining liderlik kompetensiyalarini oshirish va o‘quv jarayonida STEAM usullaridan foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar doirasida maktab rahbarlari "Suqrot doirasi", keys darsi, savollar asosida o‘qitish uslublari va tushunchalari bilan tanishdi. Taqdimotlar davomida o‘quv materialini o‘rganishda qisqa va uzoq muddatli loyihalarini tuzish va amalga oshirish ko‘rsatib berildi.

Seminarda 8-sinf o‘quvchilari uchun Juzeppe Archibaldo kartinalari asosida “Vitaminlar” mavzusi bo‘yicha elektron doska, sanʼat, fizika va kimyo elementlaridan foydalangan holda dars o‘tib berildi.

photo2022-03-2818-05-20.jpg

Moliyaviy savodxonlik loyihasida 6-sinf o‘quvchilari tomonidan “Pulning paydo bo‘lish tarixi” ORIENT FINANS BANK tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida namoyish etildi. Dars iqtisod, matematika, adabiyot va sanʼat bilan bog‘lab o‘tildi.

8-sinf o‘quvchilari seminar ishtirokchilariga “Garri Potter” kitobi asosida yaratilgan o‘yinlarni texnologiya, ifodali o‘qish, teatr sanʼati, adabiyot va boshqa usullardan foydalangan holda taqdim etdi. Bundan tashqari, yuqori sinf o‘quvchilari Java ORACLE Foundation asoslarini o‘rgatish bo‘yicha bilimlarini namoyish etdi.

Seminar davomida maktab direktorlari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan bahorgi taʼtil - 23-26 mart kunlari tashkil etilgan 4 kunlik “ICT4GIRLS Digital Camp” xalqaro dastur ishtirokchilarining individual loyihalari bilan tanishdi.

photo2022-03-2818-05-23.jpgSeminar yakunida maktab rahbarlariga o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etib, amaliyotda qo‘llash tavsiya etildi.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu