Сайт тест режимида ишламоқда

"АЪЛО ТАЪТИЛ" СОЗ ТАЪТИЛ!

29 март 2022 йил
image

26-29-mart kunlari Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va "Kamalak"bolalar tashkiloti hamkorligida Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” sardorlari, fan olimpiadalari g‘oliblari  hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Yoshlar" oromgohida "A’lo ta’til" loyihasi tashkil etildi.

Loyihaning birinchi kunida ishtirokchilar uchun sport musobaqalari, madaniy tadbirlar, malakali mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi. 

Bundan tashqari, o‘quvchi yoshlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, “Men ham vazir bo‘laman” loyihasi doirasida vazirlik, idoralar rahbarlari bilan, shuningdek muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan motivatsion uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek o‘quvchi-yoshlar uchun "Trash Zero" ekoaksiyasi, "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.

Loyiha so‘ngida tantanali yopilish marosimi o‘tkazilib, unda loyiha davomida faol ishtirok etgan sardor va o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.

Ayniqsa xayrlashuv marosimida ishtirokchilarga tashkil etilgan do‘stlik bog‘ichari barcha ichtirokchilar xotirasida unutilmas onlarga aylandi!

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu