Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik markaziy apparati

.
image

Xoliqov
Suxrob
Tursunaliyevich

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish va inklyuziv taʼlimni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

09:00 - 18:00

Xoliqov Suxrob Tursunaliyevich 1986 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

2010-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti, 2017-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

1994-1997 yy. - Jizzax shahridagi 3-maktabda matematika-fizika fani o‘qituvchisi

1997-2001 yy. - Jizzax harbiy prokuraturasi xodimi

2001-2002 yy. - Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi fizika fani o‘qituvchisi

2002-2004 yy. - Jizzax shahridagi  22-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2004-2019 yy. - Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi direktori

2019-2022 yy. - Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i

2022-yildan h.v - Xalq taʼlimi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i

Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining asosiy vazifalari va funksiyalari: 

rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ning differensiallashgan tarmoqlarini maqbullashtirish;
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, nogironlarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doir davlat dasturlarini, shuningdek hududiy dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;
nogironlarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya qilish muassasalarida davolanayotgan nogiron bolalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning shakllarini (vasiylik va homiylikni belgilash, bolani farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat), ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijtimoiy himoya muassasalariga joylashtirish) belgilash bo‘yicha markazlashgan nazoratni olib borish;
mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalari hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish;
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining, shuningdek voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa muassasalarning faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu