Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik markaziy apparati

.
image

MURODOV
ERKIN
ERGASHEVICH

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Murodov Erkin Ergashevich 1979-yil 21-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. 2002-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.

2000-2002-yy. - Shayxontohur tumanidagi 137-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix va huquq fani o‘qituvchisi

2002-2003-yy. - Shayxontohur tumani xalq ta’limi bo‘limi tarix va huquq fanlari metodisti

2003-2006-yy. - Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi metodika markazining tarix fani metodisti

2006-2011-yy. - Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi umumiy o‘rta ta’lim va darsliklar bo‘limi bosh mutaxassisi

2011-2017-yy. - Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi umumiy o‘rta ta’lim va darsliklar bo‘limi boshlig‘i

2017-2018-yy. - Xalq ta’limi vazirligi Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi sho‘’basi mudiri

2018-y. - h.v. - Xalq ta’limi vazirligi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar iborat:

 

O‘zbekiston Respublikasida “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Respublikada maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olinishini nazorat qilish;

maktab o‘quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy attestasiyasiyadan o‘tkazilishini tashkil etish; 

ijodkor o‘qituvchilar faoliyatini targ‘ibot qilish maqsadida “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish;

chet el fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qishlarini muvofiqlashtirish;

umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarti doirasida mustaqil o‘zlashtirgan ta’lim oluvchilarni eksternat tartibida yakuniy davlat attestasiyasidan o‘tkazilishini tashkil etish;

vazirlikning taaluqli boshqarmalari bilan birga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Kuzatuv kengashlarining tashkil etilishini va faoliyatini muvofiqlashtirish;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga shahodatnoma, attestat, sertifikat berilishini ta’minlash;

ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu