Vazirlik markaziy apparati

.
image

VAKANT
-

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i

Matbuot xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari:

vazirlik faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, vazirlikning rasmiy veb-saytlari, shuningdek boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
vazirlikda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
vazirlikning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida Vazirlik rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida Vazirlik faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
vazirlik faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida Vazirlik rahbariyatiga axborot berib borish;
vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda mahalliy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, axborot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
vazirlik faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;
vazirlik vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda vazirlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish;
vazirlik faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va video-materiallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu