Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik markaziy apparati

.
image

MAMARAIMOVA
NASIBA
YADGAROVNA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi

09:00 - 18:00

Mamaraimova Nasiba Yadgarovna 1973-yil 3-iyunda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. 1996-yil Toshkent davlat universitetini, 2005-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2009-yil Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. 2004-yilda “Shuhrat medali” sohibi bo‘lgan. 

 

1996-2006-yy. - Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi Maʼnaviyat maʼrifat fan va madaniyat masalalari boʻlimi mudiri, rais oʻrinbosari, Markaziy Kengashining tashkiliy kadrlar va axborot-tahlil boʻlimi yetakchi mutaxassisi, kadrlar bilan ishlash boʻyicha inspektori, yosh xotin-qizlar va oila masalalari boʻlimi mudiri

2004-2005-yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi

2006-2007-yy. - Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari Bolalar tashkiloti raisi

2006-2009-yy. - Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti talabasi

2011-2012-yy. - Surxondaryo viloyati hokimligining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha majmuasi bosh mutaxassis

2012-2014-yy. - Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy-maʼrifiy muassasalar, kutubxonalar va muzeylar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, S.Borodin uy-muzeyi direktori

2015-2016-yy. - Toshkent viloyati isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi rais oʻrinbosari-ijrochi direktor, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi markaziy apparati Matbuot va axborot boʻlimi bosh mutaxassisi

2017-2018-yy. - Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi masʼul kotibi, Ijro nazorati va tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha bosh mutaxassis

2018-2020-yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻquvchi va yoshlar tashkilotlari bilan ishlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

2020 - 2023-yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri maslahatchisi

2023-y. - h.v. - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu