Sayt test rejimida ishlamoqda

9-11-sinf o'quvchilari uchun 7 tildagi namunaviy imtihon materiallari e'lon qilindi

31-mart 2023-yil
image

2022-2023-oʻquv yillarda oʻquvchilarni barcha fanlardan davlat yakuniy attestatsiyasidan oʻtkazish uchun imtihon biletlari, metodik tavsiyalar va oʻquv materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqildi

Eslatib o'tamiz, joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilgan.

Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.

7 tilda tayyorlangan namunaviy nazorat materiallarini yuklab oling.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu