Sayt test rejimida ishlamoqda

Tanlov!

15-mart 2023-yil
image

FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN FRANSIYADA MALAKA OSHIRISH IMKONIYATI!
 
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Vazirlik tizimidagi fransuz tili o‘qituvchilari uchun "Eng yaxshi fransuz tili o‘qituvchisi" tanlovini tashkil etmoqda!
 
Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

 
- Ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi davlat umumta’lim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari qatnashishi mumkin;
- nomzod kamida B1 darajadagi DELF/DALF/TCF diplomiga yoki sertifikatiga ega bo‘lishi kerak (TCF uchun barcha testlardan, shu jumladan ixtiyoriy testlardan o‘tish talab etiladi);
- ilgari hech qachon Fransiyada amaliyot o‘tash uchun grantlarni qo‘lga kiritmagan bo‘lishi lozim. 

10 nafar g‘olib o‘qituvchilar Fransiyada ikki haftalik ta’lim amaliyoti uchun grantni qo‘lga kiritadi!
 
Tanlovda ishtirok etish uchun mazkur havola orqali ariza topshirish lozim.
 
Ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 31-mart kuniga qadar davom etadi.
  
Tanlov ikki bosqichda - hujjatlarni saralash va suhbat tarzida bo‘lib o‘tadi. Natijalar shu yilning aprel-may oylarida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun (+998) 90 937 39 17, (+998) 99 573 16 40 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. 

Shoshiling! Biz bilan birga faoliyatingizda yangi cho‘qqilarni zabt eting!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu