Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Koll-markazi tomonidan 2023-yilning mart oyi birinchi haftasi mobaynida aholi tomonidan kelib tushgan dolzarb murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. 

10-mart 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Koll-markazi tomonidan 2023-yilning mart oyi birinchi haftasi mobaynida aholi tomonidan kelib tushgan dolzarb murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. 

Unga ko‘ra, hafta davomidagi 250 ta murojaat, Eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun arizalar qabuli boshlanganligi doirasida bo‘lib, quyida kelib tushgan dolzarb savollar va ularning javoblari keltirilgan: 
   
Savol:Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati qachongacha?
Javob: Ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-martdan 1-mayga qadar davom etadi. 

Savol: 9-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish uchun qanday hujjatlar topshirish kerak?
Javob: O‘quvchi ta’lim olgan maktabi tomonidan taqdim etilgan baholar tabeli nusxasi yoki 9-sinfni tamomlamaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ariza berish jarayonida my.gov.uz portaliga kiritadi.

Savol: 11-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi? 
Javob: 9-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnomani hamda  Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasidan majburiy o‘rta ta’limni yakunlamaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani my.gov.uz portaliga elektron tarzda kiritadi.

Savol: Agar 9-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risida shahodatnomasi bo‘lmasa, bir vaqtning o‘zida 9- va 11-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish mumkinmi?
Javob:Yo‘q, mumkin emas, avval 9-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, keyingi yili 11-sinf doirasida ishtirok etadi. 

Savol:Agar oldin maktabni boshqa viloyatda o‘qigan bo‘lib, hozirda doimiy yashash joyi boshqa viloyatga o‘zgargan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tgan manzili bo‘yicha eksternat tartibida imtihonlarni topshirishi mumkinmi?
Javob:Ha, mumkin, ro‘yxatdan o‘tgan manzili bo‘yicha eksternat tartibida imtihonlarda ishtirok etadi.

Batafsil ma’lumotlar uchun 71-202-09-09 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu