Sayt test rejimida ishlamoqda

VAZIR SURXONDARYOLIK FAXRIY USTOZLARNI TAQDIRLADI

9-mart 2023-yil
image

VAZIR SURXONDARYOLIK FAXRIY USTOZLARNI TAQDIRLADI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatida uzoq yillardan buyon o‘quvchilarga bilim berib kelayotgan bir guruh fidoyi ustozlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv Termiz shahridagi 26-sonli maktabda bo‘lib o‘tdi, unda viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Saparov ham ishtirok etdi. 

Uchrashuv avvalida vazir Hilola Umarova so‘zga chiqib, ta’lim tizimining rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan o‘qituvchilarning mehnatini alohida e’tirof etib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

O‘z navbatida ustoz pedagoglar ham maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar hamda joriy etilayotgan tashabbuslar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Uchrashuv doirasida 30-35 yildan buyon ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan 20 nafar faxriy ustoz “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Muloqot so‘ngida faxriy ustozlar vazirga o‘z takliflarini bildirishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu