Sayt test rejimida ishlamoqda

SURXONDARYO: VAZIR TIL VA KASBGA O‘RGATISH MARKAZLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

9-mart 2023-yil
image

SURXONDARYO: VAZIR TIL VA KASBGA O‘RGATISH MARKAZLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 82-son maktabda bo‘ldi. 

Ushbu maktabda ingliz, koreys va yapon tillari o‘rgatiladi. Vazir maktabdagi til markazida faoliyat yuritayotgan yaponiyalik o‘qituvchi Fujinami Satoruning yapon tili darslarida ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Hilola Umarova mazkur ta’lim muassasasida Kushon davlatiga doir tarixiy obidalar saqlanadigan maktab muzeyida ham bo‘ldi. 

Bundan tashqari, vazir maktabga tashrif doirasida o‘quv binosi yaqinida tashkil etilgan Kasbga o‘rgatish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Shuningdek, shu kuni vazir Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasi faoliyati hamda o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu