Sayt test rejimida ishlamoqda

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

3-mart 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ommaviy sport musobaqalariga keng jalb qilish va ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan mini-futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha musobaqasi tashkil etildi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan musobaqa Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning bir maqsad yo‘lida birlashishiga zamin yaratdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan futbol, voleybol va basketbol koptoklari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu