Sayt test rejimida ishlamoqda

Ta’lim sohasining mas’ul rahbarlari bir paytning o‘zida ishidan ajralmagan holda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkinmi?

28-fevral 2023-yil
image

Yurist maslahati

 

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

Davlat fuqarolik xizmatchisi pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari tadbirkorlik faoliyat bilan shug‘ullanishi, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishi, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishi (aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga egalik qilish hollari mustasno) taqiqlangan.

 

(O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, 13-modda)

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu