Sayt test rejimida ishlamoqda

Ustozlarga Prezidentimiz bilan tushgan esdalik fotosuratlari topshirildi

29-dekabr 2022-yil
image

Xabar berilganidek, bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda joylashgan Xalqaro kongress markazida “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Shuningdek, mazkur ko‘rgazma doirasida yurtimizdagi umumta’lim maktablarida mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida o‘qituvchilar bilan samimiy muloqot olib borgan Prezident esdalik uchun tadbir ishtirokchilari bilan fotosuratga tushdi.

Davlatimiz rahbarining tegishli topshirig‘iga asosan, bugun Xalq ta’limi vazirligida tadbirda ishtirok etgan bir guruh o‘qituvchilarga mazkur esdalik fotosuratlari topshirildi.

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov o‘qituvchilarga Davlatimiz rahbari dastxati tushirilgan fotosuratlarni topshirar ekan, bugungi muloqotda bildirilgan sohaga doir fikrlar maktab o‘qituvchilari faoliyatida katta ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Ustozlar Prezident tomonidan taqdim etilgan ushbu sovg‘alar va ko‘rsatilgan yuksak ehtirom uchun yana bir bor o‘z minnatdorligini bildirib o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu