Sayt test rejimida ishlamoqda

“Yashil makon” loyihasi doirasida Hazoraspdagi maktabning shoʻrlangan yeri obod qilinib, “Maktab bog‘i” yaratildi

23-noyabr 2022-yil
image

Hazorasp tumanidagi 2-son umumtaʼlim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

Maktab hududining shoʻrlangan yer qismi obod qilinib, 472 tup mevali, 305 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va “Maktab bog‘i” yaratildi. 
 
Ma’lumot uchun, Xorazm viloyatida umumta’lim maktablari hududiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 77 473 tup manzarali, 49 204 tup mevali, 30 114 tup buta, jami  156 791 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

Maktablarda loyiha doirasida daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.


Xorazm viloyati xalq ta'limi 
boshqarmasi Axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu