Sayt test rejimida ishlamoqda

“Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” aksiyasi doirasidagi tanlovda ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘a yutib oling

8-noyabr 2022-yil
image

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” aksiyasi eʼlon qiladi.

Aksiya doirasida yurtimizdagi barcha maktablar o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil maktab”, “Eng ko‘p nihol ekkan o‘qituvchi” va “Maktabim bog‘i” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar tashkil etilmoqda.

Tanlov g‘oliblari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlanadi:

“Yashil maktab” nominatsiyasi — eng ko‘p rejadan orttirib nihol ekkan, aksiyani faol targ‘ib qilib, parvarishlashda o‘rnak bo‘lgan maktablar;

“Eng ko‘p nihol ekkan o‘qituvchi” nominatsiyasi — aksiya doirasida eng ko‘p nihol ekkan tashabbuskor o‘qituvchi;

“Maktabim bog‘i” nominatsiyasi — aksiya doirasida o‘zi tomonidan eng ko‘p nihol ekib, parvarishlashda faol ishtirok etgan o‘quvchilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Aksiyada faol ishtirok etib, o‘rnatilgan talablar asosida eng ko‘p nihol ekishga erishgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi:

3 tadan maktab — televizor;

3 nafardan o‘qituvchi — televizor;

3 nafardan o‘quvchi — noutbuk bilan taqdirlanadi.

Hurmatli maktablar rahbariyati, o‘qituvchi va o‘quvchilar!

O‘z jonajon maktabingiz hududini yashil maskanga aylantirishda o‘z hissangizni qo‘shing.

“Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” aksiyasi 10 dekabrga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu