Sayt test rejimida ishlamoqda

To‘xtamurod Jumayev nomidagi 2-Qorako‘l matematika olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

5-noyabr 2022-yil
image

2022-yil 30-oktabr kuni Toshkent shahridagi 81-son ixtisoslashtirilgan  davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi hamda bosh homiy Artel kompaniyasi, Asaxiy korxonasi va “Qorako‘l ZIYO” nodavlat ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda To‘xtamurod Jumayev nomidagi 2-Qorako‘l matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi tashkil etildi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan 500 nafarga yaqin 5-11-sinf o’quvchilari ishtirok etdi. Мa’lumot o‘rnida aytish lozimki, olimpiadaning masofaviy tarzda o‘tkazilgan dastlabki bosqichida 17000 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etgan edi.

Olimpiadaning yakuniy bosqichida 5-8-sinf o‘quvchilariga turli xil darajadagi 15 ta ochiq test (javobi yoziladigan) berilib, ularni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratildi (jami 35 ball bilan baholandi).

9-11-sinf o‘quvchilariga har biri 7 balldan baholanadigan 5 ta masala taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratildi (jami 35 ball bilan baholandi).

Olimpiada natijalariga ko‘ra, har bir sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanib, jami 21 nafar g’olib ARTEL kompaniyasi tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Faol ishtirok etgan 5-8-sinf o‘quvchilariga ASAXIY kitoblari topshirildi.

Olimpiada g’oliblar bilan quyida tanishingiz mumkin.

 

5-sinf ishtirokchilari o‘rtasida:

 

1-o‘rin: Ibrohim Maxmadustov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rin: Umarbek Ubaydullayev - Toshkent shahar, Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;

3-o‘rin: Mirmusab Mirzoalimov - Toshkent shahar, Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

 

6-sinf ishtirokchilari o‘rtasida:

 

1-o‘rin: Bahodir Bobomurodov – Buxoro viloyati Prezident maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rin: Shavkat Jumanov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi o‘quvchisi;

3-o‘rin: Mirfayz Gulomov - Toshkent shahar, Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

 

7-sinf ishtirokchilari o‘rtasida:

 

1-o‘rin: Abdulaziz Radjabov - Toshkent shahar, Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;

2-o‘rin: Fayzibek Fayziyev - Buxoro viloyati, Kogon tumani, 10-sonli maktab o‘quvchisi;

3-o‘rin: Muhsina Musayeva - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi o‘quvchisi.

 

8-sinf ishtirokchilari o‘rtasida:

 

1-o‘rin: To‘lqin Jaylovov - Qashqadaryo viloyati, Prezident maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rin: Rasulbek G‘afforov - Toshkent shahar, 144-sonli maktab o‘quvchisi;

3-o‘rin: Elbek O‘roqov - Toshkent shahar, Ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi.

 

9-sinf ishtirokchilari o‘rtasida:

 

1-o‘rin: Ozodbek Axtamov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rin: Asadbek Boboqulov - Toshkent viloyati, Qibray tumani 5-maktab o‘quvchisi;

3-o‘rin: Muhammadjon Bobomurodov - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi.

 

10-sinf ishtirokchilari o‘rtasida:

 

1-o‘rin: Madina Suyunova - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 1-DIMI o‘quvchisi;

2-o‘rin: Nurmuhammad Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;

3-o‘rin: Begzodbek Xoshimjonov - Andijon viloyati, Marhamat tumani Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

 

11-sinf ishtirokchilari o‘rtasida:

 

1-o‘rin: Anvarbek Raxmatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;

2-o‘rin: Anvarbek Sadulloyev - Buxoro viloyati, Peshku tumani 18-sonli maktab o‘quvchisi;

3-o‘rin: Qobiljon Lapasov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 6-sonli maktab o‘quvchisi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu