Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalq taʼlimi vaziri II Istambul taʼlim sammitida ishtirok etmoqda

4-noyabr 2022-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi aʼzolari 2022 yil 4-5 noyabr kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan “Maktab kelajagi, pandemiyadan so‘ng taʼlim ehtiyojlari” mavzusidagi II Istambul taʼlim sammitida ishtirok etmoqda.

Sammitning ilk kunida o‘tkazilgan tadbirlarda Turkiya hamda boshqa xorijiy mamlakatlarning taʼlim vazirlari, nufuzli o‘quv oliygohlari professorlari, Xalqaro Maorif maktablari o‘qituvchilari qatnashishdi.

Xorijiy davlatlarning sohaga doir yetuk mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bildirilayotgan mazkur sammitda post-pandemiya davrida uzluksiz taʼlimni taʼminlash hamda keyingi qadamlarni belgilash muhokama qilinmoqda.

Xalqaro sammitda nutq so‘zlagan Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov pandemiya davrida O‘zbekiston Hukumati tomonidan xalq taʼlimi tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va rejalar to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.

Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, xalq taʼlimi tizimini isloh qilishga qaratilgan qator hayotiy o‘zgarishlar hamda xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida ko‘rsatilgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

II Istambul taʼlim sammiti doirasidagi tadbirlar ertaga — 5 noyabr kuni davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu