Sayt test rejimida ishlamoqda

Qo‘qonda targ‘ibotchilarga 500 dona badiiy kitob sovg‘a qilindi

2-noyabr 2022-yil
image

Bugun Qo‘qon shahridagi "Amiriy" kutubxonasida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar uchun respublika seminari tashkil etildi.

Ushbu seminarda Xalq ta’limi vazirligi vakillari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi o‘rinbosari Furqat Jo‘raqulov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botir Ergashev ishtirok etdi.

O‘quv-seminarda Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ish faoliyatini rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularning rag‘batlantirishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, targ‘ibotchilar uchun ishlab chiqilgan o‘quv-qo‘llanmalar taqdimoti o‘tkazilib, mazkur qo‘llanma orqali bola bilan ishlashning yangicha yo‘llari tushuntirildi.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilariga 500 dona badiiy kitoblar sovg‘a sifatida tarqatildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu