Sayt test rejimida ishlamoqda

2 kun davomida Xalq ta’limi vazirligining barcha hududiy bo‘linma rahbarlari ishtirokida respublika bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkaziladi

27-oktabr 2022-yil
image

Joriy yilning 27-28-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkaziladi.

Unda fuqarolar hamda soha xodimlari xalq ta’limi tizimiga oid barcha masalalar, savol va takliflar bilan murojaat etishi mumkin.

Sayyor qabullarning o‘tkazilishiga doir ma’lumotlar:

Andijon viloyati (vaqti: 2022-yil 28-oktabr, soat: 10:00. Manzili: Andijon viloyati Jalaquduq tumani)

Buxoro viloyati (vaqti: 2022-yil 27-oktabr, soat: 14:00. Manzili: Buxoro viloyati Kogon tumani, “B.Naqshband” MFY, 1-uy)

Jizzax viloyati (vaqti: 2022-yil 28-oktabr, soat 14:00. Manzili: Jizzax shahri, “Jizzaxlik” MFY, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim xiyobonida joylashgan Bolalar kutubxonasi)

Qashqadaryo viloyati (vaqti: 2022-yil 27-oktabr, soat 10:00. Manzili: Chiroqchi tumani xalq ta’limi bo‘limi)

Namangan viloyati (vaqti: 2022-yil 27-oktabr, soat 10:00. Manzili: Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, “Mustaqillik” MFY, E.O‘rmanov ko‘chasi, 3-uy)

Navoiy viloyati (vaqti: 2022-yil 27-oktabr, soat 16:00. Manzili: Nurota tumani, “Avazsoy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi)

Samarqand viloyati (vaqti: 2022-yil 28-oktabr, soat 15:00. Manzili: Samarqand viloyati, Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limi binosi, “Pulimug‘or” MFY, Pajikent ko‘chasi, 345 uy)

Sirdaryo viloyati (vaqti: 2022-yil 28-oktabr, soat 09:00. Manzili: Shirin shahar, “Amir Temur” MFY, Shirin energetika kolleji binosi)

Surxondaryo viloyati (vaqti: 2022-yil 27-oktabr, soat 16:00. Manzili: Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani “Madaniyat uyi” binosi)

Toshkent viloyati (vaqti: 2022-yil 27-oktabr, soat 14:00. Manzili: Toshkent viloyati, Bekobod shahar xalq ta’limi bo‘limi binosi)

Farg‘ona viloyati (vaqti: 2022-yil 28-oktabr, soat 10:00. Manzili: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Vodil qishlog‘i, Marg‘ilon ko‘chasi, 52-uy)

Xorazm viloyati (vaqti: 2022-yil 27-oktabr, soat 11:00. Manzili: Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 47-IDUM binosi)

Toshkent shahri (vaqti: 2022-yil 27-oktabr, soat 17:00. Manzili: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosi)

Eslatma: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri ishtirokida o‘tkaziladigan sayyor qabulning vaqti va manzili to‘g‘risida alohida e’lon beriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu