Sayt test rejimida ishlamoqda

Umumta’lim maktablariga quyosh elektr panellari o‘rnatilmoqda

25-oktabr 2022-yil
image

Bugungi kunda energiya tejovchi qurilmalar va muqobil energiya resurslaridan keng foydalanish jarayonlari har sohada jadal rivojlanib bormoqda. Shu ma’noda ijtimoiy obe’ktlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ta’minlash borasida davlatimiz tomonidan qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

2022-yil 10-iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida joriy yil yakuniga qadar Xalq ta’limi vazirligi, tegishli tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar oldiga yurtimizdagi 1000 ta umumta’lim maktabi binolarida quyosh elektr panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yilgan.

Maktablarga quyosh elektr panellarini o‘rnatish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 390 ta umumta’lim maktabiga quyosh elektr panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

 

Mahalliy hokimliklar tomonidan 610 ta maktab binosiga quyosh elektr panellari o‘rnatiladi

 

Yuqorida keltirib o‘tilgan Hukumat topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oldiga joriy yil yakuniga qadar 2022-yil ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan ob’ektlar xarajatlarini maqbullashtirish hisobiga joylardagi 610 ta umumta’lim maktabiga kamida 5-10 kVt quvvatga ega quyosh elektr panellarini o‘rnatish topshirig‘i berilgan.

Bugungi kunga qadar mahalliy hokimliklar hamda homiylar tomonidan Andijon, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Toshkent viloyatlaridagi maktablarda mazkur turdagi quyosh elektr panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Toshkent viloyatidagi maktablarga quyosh elektr panellari o‘rnatishda homiylar jalb etilmoqda

 

Aytish lozimki, maktab binolarini quyosh elektr panellari bilan ta’minlashda homiylik yordamlaridan ham keng foydalanilmoqda.

Xususan, “Falcon Hunting Solutions” MCHJ homiyligida Toshkent viloyatida 21 ta umumta’lim maktablariga quyosh elektr panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu