Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktablardagi Yoshlar teatr-studiyalari 295 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilarni qamrab olgan

21-oktabr 2022-yil
image

Madaniyat va Xalq taʼlimi vazirliklarining 2018 yil 29 noyabrdagi tegishli qo‘shma qarori asosida mamlakatimizdagi mavjud umumtaʼlim maktablarida tajriba sinov tariqasida 3 213 ta havaskor Yoshlar teatr-studiyalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni vaqtda mazkur studiyalarga 295 596 nafar o‘quvchi jalb etilgan.

Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda o‘tgan vaqt davomida umumtaʼlim maktablaridagi Yoshlar teatr studiyalari uchun “Botir yigit va pari qiz”, “Jaloliddin tulpori”, “Qaldirg‘och bilan mayna”, “Qodiriy kuldirganda”, “Rustam. Kim aʼlochi”, “Rustam. Sehrli sandiqcha”, “Sog‘lom tanda sog‘ aql”, “Tilla tuyoqli oxu”, “Xonatlas” hamda “Alpomishning bolaligi” kabi o‘ndan ortiq pyesalari yetkazib berildi.

Mazkur Yoshlar teatr studiyalari orqali aktyorlik mahorati shakllangan maktab o‘quvchilari bugungi kunga qadar turli kino va seriallarda rol ijro etib kelishmoqda.

Jumladan, Kamila Yakubova, Muhammadali Sahobov, Nilufar Miraxmedova, Iroda Turg‘unova, Jamshid Mamayusupov, Behruz Badalov, Sayidaziz Samatov, Ismoil Ibragimov, Fardis Sayfitdinov, Samina Axmedova kabi yuzdan ortiq iqtidorli yoshlarimiz ayni kunlarda milliy va xorijiy filmlardagi turli darajadagi rollarni ijro etishmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu