Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalq taʼlimi vaziri Sherobod tumanida bir asr avval barpo etilgan maktab jamoasining masʼuliyati va fidoyiligiga yuqori baho berdi

20-oktabr 2022-yil
image

Vazirlik mutasaddilari Sherobod tumanidagi Sayyor qabuldan avval bir necha maktablar faoliyatini o‘rgandi. Dastlabki manzil 2-maktab bo‘ldi. Ushbu maskanda 315 o‘rinda qariyb ming nafarga yaqin o‘quvchi (3,2 koeffitsiyentda) taʼlim olmoqda. Mazkur holat o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkonini bermaydi. Shu bois, kelgusi 2023 yilda qo‘shimcha o‘quv binosi qurish taklifi berilib, o‘quvchilarga munosib sharoit yaratish choralarini ko‘rish belgilandi.

Maktabda dars jarayonlarida qatnashilib, 7-sinf o‘quvchilarining bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Tarix, matematika, fizika fanlaridan savol-javob qilinib, faol qatnashgan 1 nafar o‘quvchiga noutbuk taqdim etildi.

So‘ngra taʼlim maskanlarini o‘rganish jarayoni tumandagi 28-maktabda ham davom ettirildi. Taʼkidlash joizki, ushbu maktab bundan bir asr avval (1924 yilda) barpo etilgan bo‘lsa-da, maktab jamoasining masʼuliyati va fidoyiligi bois ayni vaqtda taʼlim maskanining saqlanishi, ozodaligi yaxshi holatda. Maktab binosi kelgusi yilda rekonstruksiya qilinib, o‘quvchilarga munosib sharoit yaratilishi uchun Investitsiya dasturiga kiritilishi rejalashtirildi.

Shuningdek, dars jarayonida faol ishtirok etgan 7-sinfning uch nafar aʼlochi o‘quvchisiga noutbuk taqdim etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu