Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik mutasaddilari Surxondaryo viloyatidagi taʼlim darajasi past maktablarda o‘quv jarayoni bilan tanishmoqda

20-oktabr 2022-yil
image

Ikki kundan buyon Xalq taʼlimi vazirligi Surxondaryo viloyatidagi taʼlim darajasi past maktablarda o‘quv jarayoni, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda.

Mutasaddilar bugun viloyatning Muzrabot tumanidagi 41-maktabda bo‘ldi. 10- va 11-sinf o‘quvchilarining dars mashg‘ulotida ishtirok etib, egallayotgan bilimlar yuzasidan savol-javob o‘tkazildi. Afsuski, o‘quvchilar 10 yil davomida yetarli bilimga ega bo‘lmayotganligi, ayniqsa matematika, kimyo, biologiya, fizika fanlaridan bilimlari ancha sayoz ekanligi maʼlum bo‘ldi. Shu bilan birga, 11-sinf o‘quvchilari bilan muloqotda kasb tanlash borasida ham yetarli tushunchaga ega emasliklari kuzatildi. 16 nafar o‘quvchi 4 tagina kasbni tanlagani aniqlandi. Ularga farovon hayotga erishish va mamlakatimiz rivoji uchun boshqa kasblarni ham egallash lozimligi, buning uchun pedagoglar o‘quvchilarga turli kasblar haqida maʼlumot berishi zarurligi taʼkidlandi. Maktab direktori o‘quvchilarga yetarli bilim berish, pedagoglarning masʼuliyatini oshirish zarurligi haqida ogohlantirilib, taʼlim sifatida o‘zgarish bo‘lmasa, kelgusida rahbar faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi taʼkidlandi.

So‘ngra tumandagi 4-maktabda bo‘lib, taʼlim jarayoni tahlil etildi. 11-sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, egallayotgan bilim va malakasini aniqlash maqsadida turli fanlardan savollar berildi. O‘quvchilarga barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirish zarurligi, maktabda olingan bilim ertangi hayot uchun muhimligi, bu borada kasblarni to‘g‘ri tanlash, 4-5 ta kasb bilan chegaralanmay, kasblar haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘lish tushuntirildi. Jamiyat rivoji uchun hamma soha bo‘yicha mutaxassis zarurligi taʼkidlandi.

Savol-javoblarda faol qatnashgan 2 nafar o‘quvchiga noutbuk taqdim etildi.

Kelgusi yilda maktabga qo‘shimcha 180 o‘rinli bino qurish bo‘yicha Investitsiya dasturiga taklif kiritish rejalashtirilgan. Natijada o‘quv jarayonlari qariyb bir navbatga o‘tkazilib, darsdan so‘ng turli to‘garaklar tashkil etishga imkoniyati yaratiladi.

Vazirlik mutasaddilarining viloyat taʼlim muassasalari faoliyatini o‘rganish jarayoni davom etmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu