Sayt test rejimida ishlamoqda

Ilk bor o‘tkazilgan Xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti fani olimpiadasida 43 nafar chet ellik o‘quvchilar ishtirok etdi

20-oktabr 2022-yil
image

Avval xabar qilinganidek, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ilk bora xorijiy davlatlar bilan fan va taʼlim sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirish maqsadida Xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasi onlayn tarzda o‘tkazildi.

15-17 yosh o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu olimpiadada AQSH, Afg‘oniston, Belorussiya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan 43 nafar xorijiy fuqaro hamda yurtimizdagi taʼlim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarda tahsil olayotgan 968 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Olimpiadada ishtirok etish istagidagi xalqaro ishtirokchilarning murojaatlari https://internationalolympiad.uzedu.uz/uz, yurtimiz fuqarolarining murojaatlari https://oo.uzedu.uz manzili orqali qabul qilindi.

Olimpiada jarayonlari test shaklida o‘tkazilib, natijalarni baholashda o‘quvchilarning yakuniy to‘plagan bali va test topshiriqlarini yechish uchun sarflagan vaqtiga ustuvorlik berildi.

Olimpiada natijalari xorijiy fuqarolar va mamlakatimiz fuqarolari uchun alohida baholandi va har bir yo‘nalishning 1-,2-,3-o‘rinlari bo‘yicha 6 nafardan, jami 12 nafar g‘olib aniqlandi.

G‘olib chet el fuqarolari:

1-o‘rin: Arslan Muminov (Rossiya Federatsiyasi);

2-o‘rin: Marjan Matyoqubova (Qozog‘iston Respublikasi);

2-o‘rin: Muhammad Abduraximov (AQSH)

3-o‘rin: Elaluddin Ahamadi (Afg‘oniston);

3-o‘rin: Tabassum Noori (Afg‘oniston);

3-o‘rin: Zubayda Yuldasheva (Rossiya Federatsiyasi).

G‘olib O‘zbekiston fuqarolari:

1-o‘rin: Hayitgul Elmurodova;

2-o‘rin: Nozanin Zoxirova;

2-o‘rin: Barakabonu Yusufiy;

3-o‘rin: Shaxzoda Luqmonova;

3-o‘rin: Dilbar Usmonova;

3-o‘rin: Humoyun Valijonov.

Eslatma: Xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasi g‘oliblariga tasdiqlovchi sertifikatlar ishtirokchilarning elektron manziliga yuborish orqali yetkaziladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu