Sayt test rejimida ishlamoqda

Namanganda investitsiya dasturi ijrosi vazir o‘rinbosari ishtirokida tahliliy o‘rganildi

13-oktabr 2022-yil
image

Investitsiya dasturi doirasida maktablarda olib borilayotgan qurilish – taʼmirlash jarayonlari, taʼlim muassasalarining jihoz-inventarlar bilan taʼminlanganlik holati, kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini o‘rganish va ularni hal qilish bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar yuzasidan choralar ko‘rish maqsadida Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Ibrohim Jo‘rayev Namanganda bo‘lib, investitsiya dasturiga kiritilgan maktablarga  jihozlarni yetkazib beruvchi “Ziyo mebel” MCHJ rahbar – mutasaddilari bilan muloqot o‘tkazdi.

Mutasaddilarga jihozlarni sifatli, standart asosida bajarilishi va qisqa fursatda taʼlim muassasalariga yetkazilishi borasida topshiriqlar berildi.

Davlat investitsiya doirasida Pop tuman “O‘rta Xonobod” MFY  hududida loyiha qiymati 12 mlrd 703 mln 53 ming, “Yuksalish” MFY hududida loyiha qiymati 12 mlrd 934 mln 77 ming so‘mni tashkil etuvchi 330 o‘rinli yangidan qurilayotgan maktablardagi qurilish – taʼmirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Bunyodkorlik ishlari zamonaviy talablar asosida mukammal amalga oshirilishi, qurilish ishlarini sifatli bajarilishi yuzasidan masʼul-mutasaddilarga topshiriq va zarur ko‘rsatmalar berildi.

 

Namangan viloyati xalq taʼlimi
boshqarmasi Axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu