Sayt test rejimida ishlamoqda

SHOFIRKONDA 49-MAKTABNING QO'SHIMCHA YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

27-avgust 2022-yil
image

Bugun dorigarliklar uchun qo‘shaloq bayram. Sababi Mustaqilligimizning 31 yillik to‘yi tantanalariga hamohang tarzda hududdagi  49-umumtaʼlim maktabi uchun qo‘shimcha bino qurilib, foydalanishga topshirildi. 

Mazkur maktabning ancha yillar ilgari hashar yo‘li bilan qurilgan birinchi binosi yaroqsiz holatga kelib qolgani bois o‘quvchilar 2012-yilda qurilgan binoda 2 smenada tahsil olishar edi. 

Bugunga kelib esa Investitsiya dasturi asosida 240 o‘rinli qo‘shimcha bino 2 mlrd. 520 mln. so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazildi.

Qo‘shimcha bino qurilishi natijasida 510 nafar  o‘quvchi 1 smenada taʼlim olish imkoniga ega bo‘lib, maktabning  50 nafar fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilar bilan qo‘shimcha ishlash, zamonaviy o‘quv jihozlari, AKTlardan foydalangan holda yuqori natijalarga erishish imkoniyati oshdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu