Sayt test rejimida ishlamoqda

Malayziyada IBBY 38-Xalqaro bolalar va o‘smirlar kitobi kongressi o‘tkazilmoqda

7-sentabr 2022-yil
image

Joriy yilning 5-8 sentyabr kunlari Malayziyada Bolalar va o‘smirlar kitoblari bo‘yicha xalqaro Kengashning (International Board on Books for Yaung People / IBBY) 38-Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro forumda Malayziya, Hindiston, Janubiy Afrika, Fransiya, AQSH, Kanada, Eron, Germaniya, Ispaniya, Daniya, Livan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Norvegiya, Fransiya, Shvetsiyadan Milliy shoʻba delegatsiyalari, shuningdek, Respublika bolalar kutubxonasi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Forumning 1-kuni doirasida yalpi va shoʻba sessiyalari, shuningdek, Kanada va Malayziyadagi IBBY ko‘magida bolalar kitobxonligini rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar taqdimoti hamda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar uchun kitoblar to‘plami ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu