Sayt test rejimida ishlamoqda

Zakovatli o‘quvchilar saralanmoqda!

12-sentabr 2022-yil
image

Joriy yilning 12 sentyabrida umumtaʼlim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman, shahar bosqichlariga start berildi.

“Zakovat” intellektual o‘yini Yoshlar ishlari agentligi hamda "Zakovat intellektual klubi" NNT bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida  (1-3-o‘rinlar) g‘olib bo‘lgan jamoa aʼzolariga amaldagi tartib bo‘yicha bir yil davomida “Zakovat stipendiyasi” to‘lab boriladi. Shuningdek, g‘olib va sovrindor (1-3-o‘rinlar) bo‘lgan jamoa aʼzolari oliy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

“Zakovat” intellektual o‘yinining mahalliy bosqichlari 20 sentyabrga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu