Sayt test rejimida ishlamoqda

8-sinf “Adabiyot” fani darsligi xususida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan videoxabarga MUNOSABAT

14-sentabr 2022-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlar orqali videosi tarqalgan 8-sinf “Adabiyot” fani darsligi maketi 2010 yilda  G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan yaratilgan. Mazkur darslik so‘nggi marotaba ushbu nashriyot tomonidan 2019 yilda chop etilgan 4-nashr hisoblanadi.

Yuzaga kelgan vaziyat (Asqad Muxtor to‘g‘risida maʼlumotning bir necha marotaba berilishi)ni o‘rganish maqsadida vazirlik tomonidan 14 sentyabr kuni Surxondaryo, Xorazm, Navoiy, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari maktablarida, aynan 8-sinf “Adabiyot” fani darsligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida keng muhokamaga sabab bo‘lgan holat ko‘zdan kechirilgan darsliklarda mavjud emasligini quyidagi video va fotolavhalarda ko‘rishingiz mumkin.

Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha muallifi farzandiga darslik qaysi maktabda berilganini aniqlash imkoniyati bo‘lmadi (videoda hech qanday maʼlumot berilmagan).

Video muallifidan mazkur darslik haqiqatdan ham maktab kutubxonasidan berilgan bo‘lsa uni vazirlikka @bookedu_bot telegram boti orqali murojaat qilgan holda maktab kutubxonasiga qaytarib, o‘rniga sifatli darslikni olishini so‘raymiz. 

Shu bilan birga, videoni tarqatgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan holat yuzasidan maʼlumotni vazirlikka taqdim etishlarini va uni ijobiy hal qilinishida yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

O‘RGANISH JARAYONLARIGA OID VIDEO VA FOTOLAVHALAR QUYIDAGI HAVOLADA 

https://t.me/uzedu/18393

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu