Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLAR YAGONA ERP ELEKTRON TIZIMI ORQALI BOSHQARILADI

27-yanvar 2022-yil
image

Xalq taʼlimi tizimida maʼlumotlar almashuvini avtomatlashtirish va boshqarish maqsadida yagona dasturiy kompleks - ERP axborot tizimi ishlab chiqilib, amalda keng joriy etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Enterprise Resource Planning – tashkilot yoki muassasaning mavjud boʻlgan resurslari hamda jarayonlarni rejalashtirish va boshqarish degan maʼnoni anglatadi.

Xalq taʼlimi tizimida ushbu tizimning joriy etilishi amaldagi jarayonlarni avtomatlashtirish, hujjat almashinuvlarini elektronlashtirish, tizim xodimlariga raqamlashtirish orqali qator yengilliklar yaratish, davlat byudjet mablagʻlarini ortiqcha sarflanishining oldini olish, inson omilini kamaytirish, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash jarayonida yuzaga kelish mumkin boʻlgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda maʼlumot almashinuvida shaffoflikni taʼminlash maqsadida joriy etilmoqda.

ERP platformasi 1-sinfga qabul jarayonida oʻquvchilar roʻyxatini elektron shakllantirish, oʻquv soatlarini belgilash, pedagoglarga soat biriktirish, malaka toifalarini monitoring qilish, xodimlarga ish haqini belgilash, tabel hisobini olib borish kabi bir qator qulayliklarni taqdim etadi.

Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari, umumtaʼlim maktablari boshqaruv xodimlari dasturiy majmuaning asosiy foydalanuvchilari hisoblanadi. ERP tizimi boshqa vazirlik va davlat idoralarining axborot tizimlari hamda maʼlumot bazalari bilan integratsiya qilinmoqda.

Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimidagi 10 000 dan ortiq umumtaʼlim maktablarini ERP ga ulash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Endilikda mazkur maktablardagi 700 mingdan ortiq xodim va 6,2 mln. nafardan ziyod oʻquvchiga oid maʼlumotlarni ushbu platforma orqali onlayn yuritilishi toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu