Sayt test rejimida ishlamoqda

Gematologiya markazidagi “Mehrli maktab”da bolalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda (+VIDEO)

25-avgust 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Mehrli maktab”da Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markazida davolanayotgan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning turli to‘garaklarda bilim va salohiyati oshirib borilmoqda.

Xususan, o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Art terapiya”, “Shaxmat-shashka”, “Musiqa terapiya”, robototexnika va fan to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni kunlarda “Tasviriy sanʼat” to‘garagida Mustaqilligimizning 31 yilligiga atab chizilgan suratlar, “Musiqa terapiya”da esa Vatanimizni madh etuvchi qo‘shiqlar bilan bolajonlar vaqti mazmunli o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, bolalar va ularning onalari bilan turli mavzularda “Zakovat” o‘yinlari tashkil etilishi barchaga manzur bo‘lmoqda. Eng asosiysi, bu kabi o‘yinlarga o‘quvchilarning qiziqishi oshib bormoqda. “O‘yla, izla, top” kabi qiziqarli o‘yinlar orqali bolajonlar bilimi boyitilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu