Sayt test rejimida ishlamoqda

BUGUN QOZOG‘ISTONDA 18-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASIGA START BERILDI

16-fevral 2022-yil
image

Bugun Qozog‘istonda 18-Xalqaro Jautikov olimpiadasiga start berildi

Joriy yilning 15-16 fevral kunlari 18-Xalqaro Jautikov olimpiadasi o‘tkaziladi. Masofaviy tarzda tashkil etilgan mazkur..

Joriy yilning 15-16 fevral kunlari 18-Xalqaro Jautikov olimpiadasi o‘tkaziladi.

Masofaviy tarzda tashkil etilgan mazkur olimpiadada 3 nafar matematika, 2 nafardan fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlarini chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etmoqda.

Mazkur terma jamoa xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun o‘tkazilgan 1-saralash bosqichi natijalariga ko‘ra shakllantirilgan. Ishtirokchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Matematika fanidan:

✅Lazizbek Rajabboyev - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Xalqaro matematika maktabi, 11-sinf o‘quvchisi, birinchi saralash bosqichi 1-o‘rin sohibi;

✅Nurmuhammad Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumani, 31-IDUM, 9-sinf o‘quvchisi, birinchi saralash bosqichi 2-o‘rin sohibi;

✅Diyorbek Rajabov - Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 5-IDUM, 11-sinf o‘quvchisi, birinchi saralash bosqichi 3-o‘rin sohibi;

Fizika fanidan:

✅Madinabonu Xasanjonova - Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S.Sirojiddinov akademik litseyi, 2-bosqich o‘quvchisi, birinchi saralash bosqichi 1-o‘rin sohibi;

✅Xumoyunshox Mamasodiqov - Andijon viloyati, Asaka tumani, 24-IDUM, 11-sinf o‘quvchisi, birinchi saralash bosqichi 2-o‘rin sohibi;

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:

✅Svyatoslav Kim - Toshkent shahri, Xalqaro Westminster universiteti akademik litseyi, 2-bosqich o‘quvchisi, birinchi saralash bosqichi 1-o‘rin sohibi;

✅Dilshodbek Xo‘jayev - Toshkent shahri, AFIDUM, 10-sinf o‘quvchisi, birinchi saralash bosqichi 2-o‘rin sohibi;

Eslatib o‘tamiz 2021 yilda XIV Xalqaro Jautikov olimpiadasida 56 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilar ishtirok etib, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. 

Bu yilgi olimpiadada ixtiyoriy ravishda terma jamoadan tashqari 100 dan ortiq o‘zbekistonlik o‘quvchilar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Xalq taʼlimi vazirligi barcha ishtirokchi o‘quvchilarimizga omad tilab qoladi.

Xalqaro Olimpiada haqida batafsil  maʼlumotni ushbu havoladan olishingiz mumkin

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu