Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI SIRDARYO VILOYATIDA XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI BAYRAM TADBIRLARIDA ISHTIROK ETDI

1-iyun 2022-yil
image

Bugun, 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov bilan birgalikda Sirdaryoda bolalar uchun tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etdi.

photo2022-06-0117-59-04.jpg

Dastlab, vazir Guliston shahridagi “Saxovat” savdo markazida yangi barpo etilgan bolalar o‘yin maydonchasining ochilish tadbirida qatnashdi. Bu yerda bolalar uchun quvonch ulashadigan zamonaviy o‘yingohlar tashkil etilgan.

photo2022-06-0118-40-57.jpg

photo2022-06-0119-39-42.jpg

So‘ngra Guliston tumanidagi yangi barpo etilgan “Yoshlar bog‘i”ning ochilish tadbirida qatnashib, tumanning 500 nafar bitiruvchilari bilan uchrashdi. Muddatidan avval oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lgan 4 nafar bitiruvchi hamda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu