Sayt test rejimida ishlamoqda

BAYRAM MUNOSABATI BILAN “MEHRLI MAKTAB” O‘QUVCHILARIGA SOVG‘ALAR TOPSHIRILDI

1-iyun 2022-yil
image

Joriy yilning 1 iyun kuni Xalq taʼlimi vazirligi huzurida tashkil etilgan “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasida Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi xodimlari hamda sanʼatkorlar ishtirok etdi.

photo2022-06-0115-54-32.jpg

Bayram avvalida tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan bolajonlarni qutladi. Bolalarga Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan sovg‘alar topshirildi. So‘ngra sanʼatkorlar, bolajonlar va maktab o‘qituvchi-pedagoglar ijrosida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

photo2022-06-0115-54-28.jpg

- Taʼlim maskanimiz Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolajonlarning maktab taʼlimidagi uzluksizlikning taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Maskanimizda bog‘cha yoshidagi, yaʼni 1 yarim yoshdan 7 yoshga qadar bo‘lgan bolalar hamda 1-sinfdan to 11-sinf yoshidagi o‘quvchilarga taʼlim-tarbiya beriladi. Taʼlim muassasasida o‘quvchilarga barcha sharoitlar yaratilgan. Ayni vaqtda taʼtilning ilk kunlari boshlanib, maktabimizda robototexnika, rasm, musiqa to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Dars va to‘garaklardan bo‘sh vaqtlarda o‘quvchilar uchun turli tadbirlar tashkil etiladi. Bugun tashkil etilgan tadbir doirasida har bir o‘g‘il-qizimizga sovg‘alar topshirilishi ularning kayfiyatini yana-da ko‘tardi, - dedi “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi direktori Nigora Alimova.

photo2022-06-0115-54-31.jpg

photo2022-06-0115-54-25.jpg

Eslatib o‘tamiz, “Mehrli maktab” faoliyati Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga uzluksiz taʼlim jarayonlarini tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu