Sayt test rejimida ishlamoqda

QASHQADARYO VILOYATIDA O‘QUV YILI YAKUNLARI TANQIDIY MUHOKAMA ETILDI

28-may 2022-yil
image

Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov tuman va shahar xalq taʼlimi bo‘limi mudirlari bilan uchrashib, o‘quv yili yakunlari hamda 2022 yil yakuniga qadar tizimda amalga oshiriladigan vazifalarni muhokama etdi.

Davlatimiz Rahbarining shu yili aprel oyida viloyatga tashrifi davomida xalq taʼlimi muassasalarida o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash borasida belgilab bergan topshiriqlari ijrosi muhokama etildi. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, 2022 yilda Investitsiya dasturidan tashqari 20 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilib, qariyb 700 ta maktabning mebel jihozlari yangilanadi. Yil yakuniga qadar 92 ta maktab zamonaviy qiyofaga keltiriladi.

photo2022-05-2816-28-11.jpg

Viloyatning taʼlim mazmuni yo‘nalishlardagi natijalari, maktablarda o‘zgarishlar, sohadagi islohotlardan pedagoglarning xabardorligi yetarli emasligi taʼkidlanib, tuman va shahar mudirlari ogohlantirildi. “O‘z ishiga yondashuv, dunyoqarash o‘zgarmas ekan, tumanda natija bo‘lmaydi” deb taʼkidladi vazir.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida taʼlim sifatini oshirish, maktabda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, har tomonlama maʼnaviy yetuk, mustaqil dunyoqarashga ega bo‘lgan, maktabda olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladigan bitiruvchilarni tarbiyalashda pedagoglarning masʼuliyati tushuntirib berildi.

photo2022-05-2816-28-12.jpg

Yaqinda qabul qilingan 2022-2026 yillarda xalq taʼlimi sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur va uning ijrosiga qaratilgan Farmon va Qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Qashqadaryo viloyatida 2022 yil yakuniga qadar har bir taʼlim muassasasida amalga oshiriladigan manzilli ishlar, yaʼni “maktabbay” tizim orqali sohadagi islohotlarni amalga oshirish zarurligi, bunda pedagoglardan tortib, maktab direktori, tuman xalq taʼlimi bo‘limi va viloyat boshqarmasi xodimlarining shaxsiy javobgarligi belgilab berildi.

photo2022-05-2816-28-13.jpg

Taʼlim muassasalaridagi muammolarni hal etishga qaratilgan hududiy dasturlar ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari bilan birgalikda maktablarda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni yaxshilash, mahalliy hokimliklar moddiy-texnik bazasini, xalq taʼlimi bo‘limlari maktabdagi mazmun, yaʼni sifatli taʼlimni taʼminlab berishi zarurligi tushuntirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu