Sayt test rejimida ishlamoqda

AL-XORAZMIY NOMIDAGI OLIMPIADA YUQORI NATIJA QAYD ETGAN O‘QUVCHILAR ZAXIRA TERMA JAMOASIGA NOMZOD SIFATIDA KIRITILADI

27-may 2022-yil
image

Bugun 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning respublika bosqichiga start berildi.

Mazkur olimpiadadan ko‘zlangan asosiy maqsad, matematika, fizika, kimyo va biologiya fani bo‘yicha bilimli, ushbu fanga qiziquvchi, intiluvchan yoshlarni aniqlash, ularni nufuzli xalqaro fan olimpiadalari uchun tizimli, puxta tayyorgarlik ko‘rishlarini taʼminlash hamda iqtidorli o‘quvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.

photo2022-05-2709-30-57.jpg

Ushbu olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘quvchilar kelgusida respublika, mintaqaviy va xalqaro miqyosda tashkil qilinadigan turli intellektual musobaqalarda, olimpiadalarda ishtirok etuvchi respublika terma jamoasiga nomzod sifatida kiritiladi.

Shuningdek, nufuzli xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston terma jamoasining natijadorligini oshirish maqsadida yosh iqtidorlarni zaxirada tayyorlab borish amaliyoti joriy etiladi.

photo2022-05-2709-31-00.jpg

Olimpiada 28 may kuni o‘z nihoyasiga yetadi va g‘olib o‘quvchilar vazirlik tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu