Sayt test rejimida ishlamoqda

“YOSH QUTQARUVCHI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI

27-may 2022-yil
image

Joriy yilning 26 may kuni Xalq taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Jismoniy tarbiya va sport, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim, Madaniyat, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, shuningdek, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilayotgan “Yosh qutqaruvchi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.

photo2022-05-2620-34-11.jpg

Mazkur musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad maktab o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olishdan iborat.

photo2022-05-2620-47-46.jpg

Shu maqsadda o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada har bir hududdan bittadan, jami 14 ta jamoa do‘stona bellashmoqda. Ishtirokchilar bellashuvlarda o‘z qobiliyat va isteʼdodlarini namoyon etmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu